Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Alkogol mahsulotlari uchun eng kam narхlar oshirildi

24.03.2021

Rus tilida oʻqish

20 martdan boshlab Oʻzbekistonda alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar oshirildi.

Yangi narхlar Moliya vazirligi va DSQning qoʻshma qarori bilan tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3288, 20.03.2021 y.).

 

 

1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar quyidagilarni tashkil etadi:

  • vino – 11 200 / 13 200 soʻm (ilgari 9 400 / 11 200 soʻm);
  • konyak – 41 200 / 49 400 soʻm (ilgari 33 000 / 39 000 soʻm);
  • aroq va boshqa alkogol mahsulotlari – 28 600 / 34 400 soʻm (ilgari 24 000 / 28 500 soʻm).

 

Alkogol mahsulotlari narхlari oʻtgan yilning oktyabr oyida oshirilgan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.