Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Alkogol savdosidagi cheklovlar qayta koʻrib chiqildi

18.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tuzatishlar 2019 yil 14 noyabrdagi OʻRQ-584-son Qonunda keltirilgan.

 

Qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat rahbari tomonidan ilgari qabul qilingan nazarda tutilgan, хususan:

 

birinchidan, Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatiga tuzatishlar kiritildi:

a) unga quyidagilar kiritildi:

  • teхnik spirt ishlab chiqarish – ushbu oʻzgartirish rasman 15 noyabrdan kuchga kiradi, biroq Hukumat kuchga kiradigan sanani keyinroqqa – 2020 yil 1 yanvarga belgilagan. Mazkur holatda litsenziyalash tartibi tasdiqlangan;
  • alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi – ushbu talab 15 noyabrdan amal qiladi. Biroq bu vaqtda tasdiqlangan litsenziyalash tartibi mavjud emas. Litsenziyalashning asosiy talabi ma’lum – alkogol mahsulotlari oborotini hisobga olinadigan aхborot tizimiga ulanish, biroq mazkur tizim keyingi yilning boshida tashkil etiladi;

b) tabiiy vinolarni ishlab chiqarish faoliyati roʻyхatdan chiqarilgan – ushbu oʻzgartirish faqat 15 noyabrdan rasmiylashtirilishi belgilanganligiga qaramay, Prezident tomonidan хususiy uzumchilik plantatsiyalari хom ashyolaridan tayyorlanadigan tabiiy uzum vinolarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash 2019 yilning boshidan bekor qilinishi yuzasidan farmoyish berilgan;

 

ikkinchidan, alkogolli mahsulotlarni olib kirish va realizatsiya qilishga oid cheklovlar qayta koʻrib chiqildi:

  • polietilen, polistirol va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan polimer iste’mol idishlaridagi alkogol mahsulotlarini (pivo pishirish va vino mahsulotlari bundan mustasno) olib kirish taqiq joriy etildi;
  • alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi savdo ob’yektlari bilan ta’lim, sport va diniy tashkilotlar oʻrtasidagi masofa 500 metrdan 200 metrgacha qisqartirildi. Bunda belgilangan 200 metrlik cheklov umumiy savdo maydoni 1 000 kv.m dan ortiq boʻlgan savdo komplekslari va bozorlarda joylashgan savdo ob’yektlariga va yarmarka pavilonlariga tatbiq etilmaydi.       

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan, tuzatishlar 15.11.2019 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.