Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilar sportni rivojlantirish uchun yigʻimlarni qanday toʻlaydi

06.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 3017, 31.05.2018 y.) bilan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga yigʻimlarni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 


Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling.



Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.03.2018 yildagi PQ-3583-son qarori bilan aroq, pivo va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar 2018 yil 1 iyundan boshlab Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) ushbu sohani rivojlantirish uchun har oyda yigʻimlarni ajratma qilishlari shart.  

Ajratmalar miqdorlari toʻlovchilarning turi va sotiladigan mahsulot hajmiga bogʻliq holda belgilangan. Bu yerda u bilan tanishish mumkin.


Hisoblangan yigʻimlar har oy yakunlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Jamgʻarmaga toʻlanadi. Toʻlanadigan yigʻimlar boʻyicha hisob-kitob tasdiqlangan shakl boʻyicha taqdim etiladi.

 

Yigʻimlar summalari toʻlovchilarning hisobvaraq-fakturalarida aks ettirilmaydi, хarajatlarga olib boriladi va foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlashda chegiriladi. Soliq organlari yigʻimlar tushumi hisobini toʻlovchining shaхsiy kartochkasida yuritadi. Ularning oʻzi yigʻimlar hisoblab chiqilishi va oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_