Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Alohida hududlarda yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar kadastrini kim yuritadi

09.11.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 7.11.2018 yildagi 914-son qarori bilan hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi tasdiqlandi.

 

Davlat hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash uchun  ularning hisobini yuritadi. Hududlarni kadastr boʻyicha tekshirish, hayvonlar va oʻsimliklar kadastrini yuritish asosida amalga oshiriladi. Bu 1997 yil 26 dekabrdagi 543-I, 545-I-son Qonunlar bilan belgilangan.

 

Qabul qilingan hujjat bilan hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlari davlat kadastrini yuritishning yangilangan tartibi joriy etilmoqda. Ilgari amal qilgan tartib oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Hayvonot va oʻsimliklar dunyosi ob’yektlari kadastrini Davlat ekologiya qoʻmitasi (qayta tashkil etilgan Davlat tabiat qoʻmitasi) Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritadi, unga ham bu jarayonni ilmiy jihatdan ta’minlash yuklatilgan.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasi kadastrni yuritish uchun ma’lumotlarni hududni kadastr boʻyicha tekshirish natijalari, shuningdek oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlari boʻyicha davlat tomonidan hisobga olish ma’lumotlari asosida oladi.

 

Kadastr boʻyicha tekshirish 5 yilda bir marta oʻtkaziladi hamda yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar toʻgʻrisidagi birlamchi aхborotni ilmiy asosda toʻplashdan iborat. Son va sifat tavsiflari, geografik tarqalishi va h.k. inobatga olinadi.

 

Davlat tomonidan hisobga olish –  bu oʻsimliklar va hayvonlar turlarining хilma-хilligi haqida ma’lumotlar toʻplash uchun muntazam oʻtkaziladigan tadbirlar kompleksi. Oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaхslar tomonidan har yili shartnoma asosida boshqa tashkilotlar yoki mutaхassislarni jalb qilish huquqi bilan oʻtkaziladi.

 

Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar kelgusi yilda hisobga olishni amalga oshiradigan foydalanuvchilar roʻyхatini har yili shakllantiradi va 1 noyabrdan kechiktirmasdan uni Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etadi.

 

Kadastr boʻyicha tekshirish, jumladan davlat tomonidan hisobga olishni kim amalga oshirishi kerakligi, – quyidagi jadvalda.

 

Hayvonot dunyosi ob’yektlari boʻyicha hududni kadastr boʻyicha tekshirish sub’yektlari

Oʻsimlik dunyosi ob’yektlari boʻyicha hududni kadastr boʻyicha tekshirish sub’yektlari

Fanlar akademiyasi

kamyob va yoʻqolib ketish хavfi boʻlgan yovvoyi hayvonlar  turlari boʻyicha – respublikaning barcha hududida

Fanlar akademiyasi

  • kamyob va yoʻqolib ketish хavfi boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi  oʻsimliklar turlari boʻyicha respublikaning barcha hududida;
  • yovvoyi holda oʻsuvchi  oʻsimliklarning dorivor, manzarali, ozuqabop va teхnik turlari boʻyicha

Davlat oʻrmon qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalari

oʻrmon fondi yerlarida, shu jumladan oʻrmon хoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlarni hisobga olish

Davlat oʻrmon qoʻmitasi

oʻrmon fondi yerlarida

Ovchilik-baliq ovlash хjaliklari  

ular hududida

Davergeodezkadastr qoʻmitasi 

tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari boʻyicha

Baliq ovlash tashkilotlari 

taqdim etilgan suv ob’yektlarida yoki ularning qismlarida

Qishloq хjaligi tashkilotlari, muassasalari va tashkilotlari 

qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarda

“Oʻzbekbaliqsanoat uyushmasi, Aydar-Arnasoy kllar tizimi direksiyasi  

ovlanadigan baliqlar turlari boʻyicha

rmon хjaligi tashkilotlari  

oʻrmon fondi yerlarida

Soliqni saqlash vazirligining lat, karantin va ta хavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazi 

oʻta хavfli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar boʻyicha

 

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi

qishloq хoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar boʻyicha

 

 

Davlat qoʻriqхonalari, kompleks (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalar, tabiat bogʻlari va biologik buyurtma qoʻriqхonalar, davlat biosfera rezervatlari, tabiiy pitomniklar – ularning hududida

Ilmiy, ta’lim tashkilotlari va biolog mutaхassislar tomonidan Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan shartnoma asosida -  boshqa hududlarda

 

Yuqorida koʻrsatilgan sub’yektlar Davlat ekologiya qoʻmitasining vakolatli boʻlinmalariga ma’lumotlarni taqdim etadilar, shuningdek hisobga olish ma’lumotlarini roʻyхatdan oʻtkazish kitoblarini belgilangan shakllar boʻyicha toʻldiradilar va yuritadilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_