Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba «ikkinchi» yilga qoldiriladi

29.11.2017

 

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining qarori (2017 yil 22 noyabrda 2548-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yuridik ta’lim muassasalari (harbiy, maхsus oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv na malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.  

 

Amaliyot va stajirovka yakunlari hisobot bilan rasmiylashtiriladi

 

Endi amaliyot yoki stajirovka oʻtash davrida kundalik yuritilmaydi. Amaliyot yakunlangach, talaba tomonidan amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi. Hisobotda:

  • bajarilgan ish;
  • oʻrganilgan hukuqni qoʻllash amaliyoti;
  • olingan bilim va koʻnikmalar aks ettiriladi.

 

Hisobot talaba tomonidai imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.

 

Amaliyotga qabul qiluvchi tashkilotlar roʻyхati kengaytirildi

 

Yurist-talabalar tomonidan amaliyot oʻtaladigan tashkilotlar jumlasiga advokatlik tuzilmalari va NNT qoʻshildi.

 

Amaliyot uchun yomon baho oldingmi – keyingi bosqichga oʻtmaysan

 

Ilgari talabar ham amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgani, ham uzrli sabablarsiz amaliyotga kelmaganligi uchun talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin edi. Endi esa faqat amaliyotga kelmaganlik uchun chetlashtirish qoʻllaniladi. Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi talabani akademik qarzdor sifatida tegishli oʻquv kursida qoldirish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

 

E’tiborli jihati shundaki, amaliyotni oʻtash davomiyligi va muddati endi ishchi oʻquv rejasi bilan belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.11.2017 yilda kuchga kirdi.    

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



 

Lenara Xikmatova.