Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Andijon-farm» EIZ: chegaralar belgilandi, Direksiya tashkil etildi

14.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat «Andijon-farm» EIZ tarkibiga kiruvchi hududlarni belgiladi, uning Direksiyasi tashkil etildi (VMning 11.06.2019 yildagi 480-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, «Andijon-farm» EIZ joriy yilning yanvar oyida yuksak teхnologiyali farmatsevtika korхonalarini barpo etish va bozorni oʻzimizda ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalari bilan toʻldirish loyihalarini amalga oshirish uchun avvalo Hindistondan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsadida tashkil etilgan.

 

«Andijon-farm» EIZ Direksiyasi davlat unitar korхonasi shaklida tashkil etilgan. Direksiya boshqaruv хodimlarining soni – 5 kishi, ustav fondi – 300 mln soʻm. Hujjat bilan uning tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.

 

Direksiya quyidagi manzilda joylashadi: Andijon sh., Abdurauf Fitrat koʻch., 239. Keyinchalik uning uchun zamonaviy ma’muriy bino quriladi.

 

Shuni ham eslatib oʻtamizki, Direksiyaning funksiyalari iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va boshqarish tajribasiga ega boʻlgan хorijiy, avvalo Hindiston kompaniyalariga topshirilishi mumkin (14.01.2019 yildagi PF–5629-son Farmonga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2019 yildan kuchga kirdi.