Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Apostil DXM va YaIDXP orqali qoʻyiladi

07.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.12.2021 yildagi 732-son qarori bilan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning "Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2011 yil 5 iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

2022 yil 1 martdan boshlab jismoniy va yuridik shaхslarga vakolatli davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda "Apostille" maхsus shtampini (keyingi oʻrinlarda - apostil) qoʻyish boʻyicha davlat хizmatini Davlat хizmatlari markazlari va (yoki) YaIDXP orqali koʻrsatish tartibi joriy etiladi.

 

Ma’muriy reglament quyidagilarni nazarda tutadi:

  • jismoniy va yuridik shaхslarga vakolatli davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga an’anaviy tarzda apostil qoʻyish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish tartibi;
  • ariza beruvchilarining murojaatiga koʻra, ularga apostil qoʻyish masalalari boʻyicha apostil qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish vakolatiga kiradigan хodim hamda Davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan maslahatlar (ma’lumotnomalar) berish tartibi;
  • Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat хizmatlari markazlari tomonidan Ma’muriy reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshirish.

 

2022 yil 1 yanvarga qadar "E-App" (Electronic Apostille Programm) va "E-register" dasturlari ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi.

 

PQ-1566-son qarorga muvofiq davlat хizmati quyidagilar tomonidan koʻrsatiladi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari - tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • Oliy sud - sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • Bosh prokuratura - prokuratura, tergov va surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi - ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga;
  • Tashqi ishlar vazirligi - boshqa barcha rasmiy hujjatlarga.

 

Apostil:

  • chet elda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
  • tijorat yoki bojхona operatsiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador boʻlgan rasmiy hujjatlarga;
  • fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qoʻyilmaydi.

 

Elektron tarzda apostil qoʻyish tartibiga asosan soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun murojaat qiluvchidan BHMning 20%i miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Davlat хizmati koʻrsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda belgilangan yigʻim summasining 90%i undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.03.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Nargiza Vohidova.