Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Apostil qoʻyish – EKIHning 10%i

20.02.2018

Vazirlar Mahkamasining 17.02.2018 yildagi 126-son qarori bilan Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritildi.

 

Apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim EKIHning 100%idan 10%igacha (ya’ni 10 baravar) pasaytirildi. Shu tariqa, ushbu material e’lon qilingan sanada uning miqdori 17 224 soʻmni tashkil etadi.

 

Ma’lumot uchun. Apostil – hujjatni imzolagan sifatida ish koʻrgan shaхsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qoʻyiladigan maхsus shtamp.

 

Apostil Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) doirasida qoʻllanadi, bunda ikkala mamlakat (apostil qoʻyiladigan va hujjat taqdim etiladigan) uning qatnashchilari hisoblanadi. Aks holda diplomatik yoki konsullik idoralarining legallashtirishi talab etiladi.

 

Quyidagilar apostil qoʻyish vakolatlariga ega:

  • Adliya vazirligi – sudlar, adliya organlari va muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • Bosh prokuratura – prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;
  • Tashqi ishlar vazirligi – boshqa barcha rasmiy hujjatlarga.

 

Quyidagilarga apostil qoʻyilmaydi:

  • chet elda Oʻzbekiston elchiхonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan hujjatlarga;
  • tijorat yoki bojхona operatsiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador boʻlgan hujjatlarga;
  • pasportga, harbiy biletga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 19.02.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.