Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil III chorak uchun 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) va 4-kb (savolnoma) shakllari boʻyicha kimlar statistika hisobotini topshirishi kerak Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibi asosida pochta manzilini onlayn oʻzgartirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma Ishlanmagan vaqt uchun qaysi toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi – Buxgalter Pro

AT sohasida tahsil olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi

01.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2023 yildagi 79-son qarori bilan Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan yoshlarning aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 12.08.2022 yildagi «Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-350-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Xususan, Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklariga depozit mablagʻlar joylashtirilishi nazarda tutiladi. Kreditlar yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarining oʻquv kurslarida aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun toʻlovni amalga oshirish maqsadida beriladi.

 

Nizomga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan har yili 5 ming nafargacha yoshlarga tijorat banklari orqali kreditlar ajratiladi.

 

Kreditlar 65 BHMgacha miqdorda Markaziy bankning asosiy stavkasida imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga beriladi.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalar farzandlari boʻlgan yoshlarga aхborot teхnologiyalari sohasida tahsil olish boʻyicha ajratilgan kreditlar uchun garov va kafillik talab etmaslik;
  • Jamgʻarma tomonidan ta’lim kreditlari ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini belgilash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.02.2023 yildan kuchga kirdi.

  

Lola Abduazimova.