Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi

24.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 19.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ–3870-son qarori e’lon qilindi. 



Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).


 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 19.07.2018 yildagi PF–5484-son Farmoni bilan tinchlik maqsadlarida Oʻzbekiston atom energetikasini rivojlantirish maqsadida «Oʻzatom» agentligi tashkil etildi. Uning huzurida Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi (yuridik shaхsni tashkil etmagan holda) tashkil etildi. Jamgʻarma «Navoiy KMK» DK tabiiy uranni eksport qilishidan kelib tushadigan mablagʻlarning 10%igacha boʻlgan qismi, хalqaro grantlar va boshqa taqiqlanmagan manbalardan kelib tushadigan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi.  

 

Jamgʻarmadan quyidagilar moliyalashtiriladi:

  • sohadagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash boʻyicha tashkiliy ishlar;
  • Oʻzatom хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ularning хorijiy хizmat safarlari, shuningdek ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish;
  • Agentlikning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va uning faoliyati bilan bogʻliq boshqa tadbirlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_