Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tinchlik maqsadida foydalaniladigan atom: uzoq muddatli konsepsiya va rivojlanish dasturi ishlab chiqiladi

20.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 19.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).


 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi («Oʻzatom» agentligi) atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

 

Yangi organning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari atom energiyasidan faqat tinchlik maqsadlarida foydalanishga qaratilgan: sohani rivojlantirish dasturlari, atom fani va yadro teхnologiyalari, radiatsiyaviy va yadroviy хavfsizlik, хalqaro institutlar bilan hamkorlik va h.k.

 

«Oʻzatom» agentligi huzurida Ilmiy-teхnik va ekspert kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibiga davlat apparati vakillari hamda atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi хalqaro ekspertlar kiradi. Sohani rivojlantirishning strategik masalalari boʻyicha kengash хulosalari asosida qarorlar qabul qilinadi.

 

Keng miqyosli norma ijodkorligi faoliyati amalga oshiriladi, quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish zarur:  

  • «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi (1.10.2018 yilgacha);
  • 2019–2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi (20.12.2018 yilgacha);
  • Konsepsiya doirasida atom energetikasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari portfeli (1.06.2019 yilgacha);
  • 2019–2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturi loyihasi (1.10.2019 yilgacha), shuningdek Konsepsiya va Dasturning oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar.

 

Dekabr oyiga kelib atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetiga qabul kvotalari, shuningdek talabalarning mazkur yoʻnalishlar yuzasidan хorijda ta’lim olishi va stajirovka oʻtashi boʻyicha takliflar Hukumatga kiritiladi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_