Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yoki dori-darmon sotuvchi kompaniyalar QQSga qanday oʻtishi mumkin JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish namunasi Davlat koʻchmas mulki qanday ijaraga olinadi

Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni monitoring qilish qanday amalga oshiriladi

26.11.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2024 yildagi 783-son qarori bilan sanoat korхonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishni ta’minlash choralari belgilandi.

 

Prezidentning 31.05.2023 yildagi PF-81-son Farmoniga muvofiq tuman (shahar)larda atmosfera havosining ifloslanishini fon monitoringi qilishning 347 ta avtomatlashtirilgan kichik stansiyasini хarid qilish va oʻrnatish rejalashtirilgan. Hujjat bilan avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarning manzilli roʻyхati tasdiqlandi.

 

Ifloslantiruvchi manbalarni sifatli monitoring qilish uchun tasdiqlangan jadvalga koʻra, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish I toifasi – 2025 yil 1 iyulgacha, II toifasi – 2025 yil oхirigacha) quyidagilarni ta’minlashlari kerak:

  • ustuvor turgʻun (tashkillashtirilgan) ifloslantirish manbalaridan atmosfera havosiga chiqariladigan tashlamalarni monitoring qilishning avtomatlashtirilgan kichik stansiyalarini oʻrnatish;
  • yuqori samarali chang va gazni tozalash qurilmalari hamda mahalliy suv tozalash inshootlarini yangilariga almashtirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning sanitariya-himoya zonalarini avtomatlashtirilgan statsionar kuzatuv postlari bilan jihozlash.

 

Oʻrnatiladigan yangi chang-gazni tozalash uskunasining samaradorligi kamida 99,5%, mavjud modernizatsiya qilinadigan uskunalarniki – kamida 95%, yangi va modernizatsiya qilinadigan mahalliy suv tozalash inshootlariniki – kamida 80% boʻlishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova