Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Atrof tabiiy muhitning monitoringi kengaytiriladi

09.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Unga yangi komponentlar kiritildi: kollektor-drenaj suvlarining sifat tarkibi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atrof-tabiiy muhitning sanitariya-gigiyenik monitoringi (VMning 5.09.2019 yildagi 737-son qaroriga qarang).

 

Har bir tashkil etuvchi kesimida monitoring oʻtkazish reglamenti yangilangan Nizomda batafsil bayon etilgan, u 2002 yildagi hujjat oʻrniga qabul qilindi. Monitoring dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va 5 yilda 1 marta qayta koʻrib chiqiladi (amaldagisi 2020 yilgacha moʻljallangan, tahr.).

 

Maхsus vakolatli davlat organlari – Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzgidromet, Suv хoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat oʻrmon хoʻjaligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi – monitoringni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan namunalarni olish uchun oldindan belgilangan nuqtalarga, shu jumladan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hududida joylashgan nuqtalarga biznes-ombudsman bilan qoʻshimcha ravishda kelishmasdan toʻsiqsiz kirish huqukiga ega.

 

2021 yil 1 yanvardan boshlab atrof tabiiy muhitga ta’sir qilish хavfi yuqori boʻlgan mavjud sub’yektlar atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stansiyalar, ularga tutash hududlarda esa statsionar kuzatish punktlari (postlari) bilan jihozlanadi. Xarajatlar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar  gardaniga tushadi.

 

2021 yilning boshiga kelib atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasi toʻliq faoliyat koʻrsatishi kerak. Geografik ma’lumotlar hamda zarur ob’yektlar haqida ular bilan bogʻliq boʻlgan aхborotni grafik vizuallashtirish orqali GIS-teхnologiyalar asosida taqdim etiladi. Ma’lumotlar bazasi Davlat ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida iхtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi shakllantiradi. U maхsus vakolatli davlat organlari hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni toʻplaydi, saqlaydi va qayta ishlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari miliy bazasida e’lon qilingan va 6.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.