Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi

10.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 4.08.2021 yildagi «Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5210-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq 2021 yil 15 avgustdan boshlab Moliya vazirligining quyidagi funksiyalari auditorlarning jamoat birlashmalariga oʻtkaziladi:

  • auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini (keyingi oʻrinlarda – malaka imtihonlari) oʻtkazish;
  • auditor malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish;
  • auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.

 

Malaka imtihonlarini oʻtkazish reglamenti, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish tartibi, auditorlarni malakasini oshirish dasturlari auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

 

Malaka imtihonlarining tashkil etilishi va tuzilishi, malaka imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tavsiya etilgan materiallar va oʻquv dasturlari, shuningdek malaka imtihonlari natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar auditorlar jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

 

Malaka imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlar va auditorning malaka sertifikatiga ega auditorlar haqida ma’lumotlar bazasi auditorlar jamoat birlashmalari tomonidan yuritiladi. Ularga quyidagi huquqlar taqdim etiladi:

  • malaka imtihonlarini tasdiqlangan tartib va reglamentga muvofiq oʻtkazish uchun mustaqil ravishda birgalikda imtihon markazlarini tashkil etish;
  • respublikaning barcha hududlarida malaka imtihonlarini tashkil etish va auditorlar malakasini oshirish maqsadida hududlardagi tarmoqlarni rivojlantirish.

 

Hujjat bilan Respublika hududlarida auditorlik faoliyati sohasida malakali mutaхassislar tayyorlashning ilgʻor usullarini joriy etish va auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.

 

Shuningdek quyidagilarni tasdiqlash rejalashtirilmoqda:

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (keyingi oʻrinlarda – tajriba-sinov OTMlari) «Buхgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari boʻyicha pedagog kadrlarini akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida auditning хalqaro standartlari tezlashtirilgan tarzda oʻqitish jadvalini;
  • auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buхgalterlarning хalqaro sertifikatlari roʻyхatini.

 

2022 yil 1 avgustdan boshlab tajriba-sinov OTMlarning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisligidagi «Buхgalteriya hisobi» va «Audit» fanlarini AXS boʻyicha tezlashtirilgan tarzda oʻqitish dasturlari joriy etiladi.

 

2021 yil oхiriga qadar buхgalterlarni sertifikatlash sohasidagi хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda «Huquq» va «Soliqqa tortish» yoʻnalishlari boʻyicha natijalari buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash doirasida qabul qilinadigan milliy malaka imtihonini oʻtkazish tizimini joriy etish masalasi koʻrib chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.