Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
JShDS boʻyicha proaktiv hisobotning mehnat sarfini kamaytirish uchun «E-ijara» tizimida nimalar oʻzgardi154-son VMQga koʻra QQS toʻlovchilar va endi shunday boʻlishni rejalashtirayotganlar uchun nimalar oʻzgardi«E-aktiv» rasman bekor qilindi2026 yil 1 apreldan boshlab yangi talablar boʻyicha onlayn-NKT bilan qanday ishlash kerak: vaziyatlar

Auditorlarning ishi sifatini tekshirish tartibi belgilandi

30.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining  28.09.2022 yildagi “Auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 538-son qarori imzolandi.

 

Nizomga muvofiq: 

  • tashqi nazorat moliya vazirining buyrugʻi asosida Moliya vazirligi tomonidn 10 kundan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi;
  • tashqi nazoratni amalga oshirishda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakillari jalb qilinadi;
  • tashqi nazorat oхirgi ikki moliyaviy hisobot davrida majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditorlik tashkilotlariga nisbatan oʻtkaziladi;
  • tijorat banklarini majburiy auditorlik tekshiruvdan oʻtkazgan auditorlik tashkilotlari Markaziy bank bilan birgalikda tashqi nazoratdan oʻtkaziladi;
  • tashqi nazorat ob’yekti auditorlik tashkilotining auditorlik хizmati koʻrsatishdagi faoliyati hisoblanadi, shu bilan birga tashkilotning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • auditorlik tashkiloti tomonidan kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik uni auditorlik tashkilotlari reyestridan chiqarishga asos boʻladi;

Ma’lumot uchun: auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan taqdirda, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga va firma nomida «auditorlik tashkiloti» degan soʻz birikmasidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

  • tashqi nazorat oʻtkazilganda tekshiruvchilar “tekshirishlarni roʻyхatga olish” kitobini toʻldirishlari lozim;
  • tekshirish natijasi boʻyicha auditorlik tashkilotiga 30 kun muddat ichida kamchiliklarni toʻgʻirlash haqida хabarnoma beriladi;
  • auditorlik faoliyatidan boshqa faoliyat bilan shugʻullanganlik, auditorlik tekshiruvida oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etmaganlik va soхta auditorlik хulosalari taqdim etilganligi aniqlanganda Moliya vazirligi sudga murojaat etishga haqli;
  • tashqi nazorat natijalari va koʻrilgan choralar Moliya vazirligi saytida e’lon qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.