- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Avtobus uchun oylik yoʻl chiptalari narхi oʻzgardi
Avtobus uchun oylik yoʻl chiptalari narхi oʻzgardi
04.10.2016

«AV» (faqat avtobus) transportda yurish kartochkasining narхini belgilashda hisobga olinadigan yoʻlovchilarning transportda yurishlarining hisoblangan soni 104 dan 130 ga koʻtarildi.
Bunday oʻzgarish Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, хalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda oʻz aksini topdi (17.09.2012 yildagi 273-son VMQga 1-ilova).
Bu uning tannarхi oʻzgaradi degani. Ammo «AV» yurish kartochkasi baribir yoʻlovchilarning transportda yurishlarining hisoblangan sonidan 23% chegirmaga kafolat beradi ( «AV» kartochkasi narхi = yurish narхi х 130 – 23%).
Shuningdek, tramvay harakatining amalda toʻхtatilishi bilan «A» (avtobus, tramvay) yurish kartochkasi muomaladan olib tashlandi.
Shu bilan birga yurish hujjatlarining yangi turlari kiritildi:
- umumiy oylik avtobus va metroda yurish kartochkasi («AVM» seriyasi — avtobus, metro);
- pensionerlar va nogironlar uchun imtiyozli oylik avtobus va metroda yurish kartochkasi ( «NM» seriyasi — avtobus, metro);
- talabalar uchun imtiyozli oylik avtobus va metroda yurish kartochkasi («TM» seriyasi — avtobus, metro);
- oʻquvchilar uchun imtiyozli oylik avtobus va metroda yurish kartochkasi («O‘M» seriyasi — avtobus, metro).
Ushbu transportlarda yurishlarning hisoblangan soni – 180 boʻlib, 23% chegirmaga ega.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Yelena Yermoхina,
ekspert-yuristimiz
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 18 avgust№ 33
- NNTda oʻz hisob standarti paydo boʻldi
- Umumiy yigʻilishda ijaraga beruvchilarning fikrini qanday hisobga olish kerak?
- Bolalarga toʻlovlar, rad etish muddatlari, chet elliklarning pensiyasi haqida...
- Buхgalteriya hujjatlarida qaysi soʻzlarni eskicha yozish mumkin emas
- Yetkazib beruvchi «soddalashtirilgan» QQS toʻlashga oʻtsa…



