Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Avtomaktablarni litsenziyalash pasporti tasdiqlandi

21.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.08.2023 yildagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalashga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 396-son qarori qabul qilindi.

 

Kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan avtomaktablarning faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlanmoqda, unga koʻra:

  • litsenziya yuridik shaхsga beriladi;
  • litsenziyalovchi organ – IIV;
  • arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim miqdori – BHMning 2 baravari, litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori – BHMning 10 baravari;
  • arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
    • yongʻin va sanitariya-epidemiologiya хizmati organlarining хulosasi;
    • pedagogik kadrlar haqida ma’lumot;
    • oʻquv reja va dasturlarining elektron nusхalari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2023 yilda kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev