Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Avtomaktablarning reytingi belgilanadi

21.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.07.2022 yildagi «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 353-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • ta’lim tashkilotlarining faoliyati va samaradorligini baholash orqali hududlar kesimida ularning reytingini aniqlash tartibi;
  • ta’lim tashkilotlarining baholash reytingini indikatorlar asosida amalga oshirish tartibi;
  • ta’lim tashkilotlarining baholash reytingini hisoblash metodikasi hamda baholash reytingi natijalari boʻyicha ta’lim tashkilotlarining toifalarini belgilash tartibi.

 

Hujjat bilan belgilanganki, ta’lim tashkilotlari faoliyatini reyting baholash yil yakunlari boʻyicha inson omilisiz ta’lim tashkilotlariga doir ma’lumotlar asosida ularning reytingini hisoblashning yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi va uning natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi.

 

Quyidagilar reytingga ta’sir etadi:

  • bitiruvchilarning haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;
  • bitiruvchilarning yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;
  • bitiruvchilar aybi bilan sodir etilgan YTH soni;
  • oliy ma’lumotga yoki ilmiy darajaga ega oʻqituvchilarning soni toʻgʻrisida ma’lumotlar.

 

Ichki ishlar vazirligiga 2022 yil 1 sentyabrga qadar reytingini hisoblash aхborot tizimini yaratish va ishga tushirish yuklatilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.09.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Saodat Usmanova.