Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Avtomobil tariхi» davlat хizmati joriy etildi

11.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.03.2022 yildagi 106-son qarori bilan «Avtomobil tariхi» ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

2022 yil 1 maydan boshlab:

  • «Avtomobil tariхi» ma’lumotlarini davlat хizmatlari markazlari, YaIDXP yoki ularning ilovalari orqali aniqlash boʻyicha davlat хizmati yoʻlga qoʻyiladi;
  • transport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida transport vositasining bosib oʻtgan masofasi haqidagi ma’lumotlar, jumladan teхnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ham majburiy tartibda aхborot tizimiga kiritishni yoʻlga qoʻyiladi.

 

«Avtomobil tariхi» quyidagi aхborotlarni oʻz ichiga oladi:

  • avtotransport vositasi haqida umumiy ma’lumotlar;
  • bosib oʻtgan masofasi;
  • shartnomalar tuzilganligi (ishonchnoma, ijara, hadya shartnomasi);
  • yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi;
  • sodir etilgan qoidabuzarliklar;
  • garovda ekanligi haqida (mavjud boʻlsa);
  • taqiq mavjud yoki mavjud emasligi;
  • bojхona rasmiylashtiruvi haqida;
  • litsenziya maqomi (yoʻlovchi tashish boʻyicha).

 

Davlat хizmatidan foydalanish uchun onlayn-soʻrovnoma (DXM, YaIDXP, ilova orqali) toʻldiriladi. Xizmat koʻrsatilganligi uchun BHMning 10%i miqdorida yigʻim undiriladi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi. Ma’lumotnoma shaхsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda taqdim etiladi (avtotransport vositasi mulkdori tomonidan oʻz «Avtomobil tariхi»ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bunday mustasno). U aхborot хususiyatiga ega boʻlib, rasmiy hujjat hisoblanmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.