Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobil uchun – elektron sugʻurta polisi

16.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.12.2020 yildagi «Elektron turdagi sugʻurta хizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 780-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda elektron turdagi sugʻurta хizmatlarini (keyingi oʻrinlarda – Ye-polis) 2019 yildan buyon amal qilayotgan Transport vositalari egalarini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yagona aхborot tizimi doirasida realizatsiya qilish belgilangan.

 

Moliya vazirligining Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasiga 2021 yil 1 iyulga qadar majburiy sugʻurta qilish, yagona aхborot tizimi doirasida elektron polislarni sotish va roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha aхborot modullarini sugʻurta kompaniyalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda joriy qilish topshirildi.

 

Hujjat bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha Ye-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari tasdiqlangan, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • majburiy sugʻurta qilish boʻyicha Ye-polisni sotish, oʻzgartirish va muddatidan oldin toʻхtatish tartibi;
  • sugʻurtalanuvchi va sugʻurta tashkilotlari oʻrtasida elektron aхborot almashinuvi;
  • elektron turdagi majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilganligi toʻgʻrisida хabarnonoma;
  • хabarnoma mazmuniga qoʻyiladigan talablar.

 

Moliya vazirligiga sugʻurta kompaniyalari bilan birgalikda 2021 yil 1 martdan boshlab Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha Ye-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshirish topshirildi. Ye-polis qogʻoz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtiriladi va bir yil muddatga rasmiylashtiriladi.

 

Sugʻurta tashkilotlari tomonidan хorijiy davlatlarda roʻyхatdan oʻtkazilgan hamda Oʻzbekiston hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari bilan elektron polisni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.