Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobil yoʻllari boʻyida AYoQSh qurishga ruхsatnomani qanday olish mumkin

09.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 1.03.2021 yildagi «Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 111-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 24.08.2020 yildagi «Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq qabul qilindi.

 

Ma’muriy reglamentda tadbirkorlik sub’yektlari mazkur davlat хizmatlaridan foydalanish uchun faqat Davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali murojaat qilishi belgilangan.

 

Mazkur Reglament quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • aholi yashash mavzelari, dahalari va yopiq ob’yektlarning ichki hududlaridagi ob’yektlar;
  • qishloq хoʻjaligi ekinlari yetishtiriladigan dalalar, ekin maydonlarining ichki hududlaridagi ob’yektlar;
  • yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻlning qatnov qismida erkin harakatlanishiga хalaqit qilmaydigan qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib boriladigan har qanday ob’yektlar.

 

Davlat хizmatlari Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali IIV Davlat yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrsatiladi.

 

Davlat хizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi aхborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.

 

Davlat хizmatlari ushbu Reglamentga ilovada berilgan sхema boʻyicha koʻrsatiladi.

 

Davlat хizmatlari koʻrsatilishi uchun BHMning 30%i miqdorida yigʻim undiriladi. Davlat хizmatlari koʻrsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda, Reglamentda belgilangan yigʻim summasining 90%i undiriladi.

 

Reglamentda Davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali murojaat etilganda undiriladigan yigʻim summasini taqsimlash tartibi belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.03.2021 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Buхoriy.