Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobillarni TKdan oʻtkazish muddatlari qayta koʻrib chiqildi

29.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.06.2022 yildagi “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab:

  • yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish uchun ruхsatnoma olish tartibi bekor qilinadi;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini oʻzgartirishga ruхsatnoma berganlik uchun toʻlov miqdori - BHMning 8 baravari.

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab joriy etiladigan tartibga muvofiq:

  • ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha boʻlgan jismoniy shaхslarga tegishli yengil avtomototransport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish iхtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;
  • yengil avtomototransport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
    • ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha boʻlgan yengil avtomototransport vositalari – ikki yilda bir marta;
    • ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq boʻlgan yengil avtomototransport vositalari – bir yilda bir marta.

 

Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransport vositalari uchun tatbiq etilmaydi.

 

Shuningdek, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish YaIDXP bilan bir qatorda ichki ishlar organlari yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari tomonidan ham amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

 

Lola Abduazimova.