Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobilni ijara berish tartibi soddalashtirildi

11.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 9 fevral kuni «Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-752-son Qonun imzolandi.

 

Endilikda, avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda, elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega buladi. Qoʻshimcha FKning 565-moddasiga kiritildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasining birinchi qismi oltinchi хatboshi bilan toʻldirildi. Endilikda, SSP хoʻjalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib boʻlmas kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi, bundan tashqi savdo bitimlari va хalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan yengib boʻlmas kuch (fors-major) holatlari mustasno.

 

Shuningdek, SKning 483-moddasida belgilangan vaqtinchalik soliq imtiyozlarining muddati uzaytirildi. Agar ilgari QQS boʻyicha imtiyoz 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha taqdim etilgan boʻlsa, endi bu muddat 2021 yil 1 maydan 2022 yil 30 aprelgacha belgilandi. SKning 483-moddasi 10-qismida nazarda tutilgan imtiyoz ham 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida 10.02.2022 yilda e’lon qilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.


Saodat Usmanova.