Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobilni olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha berishadi

28.12.2016

26.12.2016 yildagi OʻRQ–416-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga transport vositasini olib qochganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildiQonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi va 27.12.2016 yilda kuchga kirdi.  

Eslatib oʻtamiz, transport vositalarini haydab qochish deganda, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini (yengil va yuk avtomashinalarning barcha turi, avtobuslar, maхsus mashinalar, traktorlar, trolleybuslar, tramvaylar, dvigatelining ish hajmi 50 sm3 dan kam boʻlmagan mototsikl va motorollerlar, yoʻl, qurilish, qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan va boshqa oʻziyurar mashinalar) oʻzlashtirish maqsadisiz uni turgan joyidan boshqa joyga olib qochish tushuniladi (Oliy sud Plenumining 20.12.1996 yildagi 37-son «Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida»gi Qarori).

 

JKning 267-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin yuqoridagi jinoyatni sodir etganlik uchun sanksiyalar qay tarzda oʻzgarganini koʻrib chiqamiz (quyidagi jadvalga qarang).

 

27.12.2016 gacha

27.12.2016 dan keyin

jinoyat

sanksiya

jinoyat

sanksiya

Transport vositalarini olib qochish

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

Transport vositalarini olib qochish

5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

Oʻsha harakat:

 

- takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

 

- bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa

5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

Oʻsha harakat:

 

- takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

 

- bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

 

- zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;

 

- transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida oʻgʻrilik yoki talonchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa,

10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

Oʻsha harakat:

 

- oʻta хavfli retsidivist tomonidan

 

- uyushgan guruh tomonidan

 

- zoʻrlik ishlatib yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa

10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

Oʻsha harakat:

 

- oʻta хavfli retsidivist tomonidan;

 

- uyushgan guruh tomonidan;

 

- transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa

15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.