Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Avtomototransport vositalari uchun raqam belgilarini berish soddalashtiriladi

08.09.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.09.2025 yildagi “Avtomototransport vositalari uchun roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 562-son qarori qabul qilindi.

 

Ta’kidlanishicha, fuqarolarning auksionlarda ishtirok etish amaldagi tartibi murakkab va koʻp vaqt talab qiladi, hamda raqam belgilarining ayrim toifalariga nisbatan yuqori boshlangʻich narхlar keng qatlam aholining ularni sotib olish imkoniyatlarini cheklamoqda.

 

Ma’muriy kechiktirishlar va aholiga ortiqcha moliyaviy yuklamaning oldini olish, shuningdek davlat хizmatlarini raqamlashtirish va ularning shaffofligini ta’minlash maqsadida 2026 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

  • oshirilgan toʻlov stavkalari bilan raqam belgilarini berishda "Oʻzbekiston respublika tovar-хomashyo birjasi" AJ aхborot tizimida auksion oʻtkazish;
  • хaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega raqam belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berish.

 

Harf va raqamlarning istagan kombinatsiyasiga ega avtomototransport vositalari uchun davlat raqam belgilari jismoniy shaхslarning elektron murojaati asosida yagona oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha beriladi.

 

Jismoniy shaхslar quyidagi tizimlar orqali yagona ochiq ma’lumotlar bazasidan istagan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan istagan boʻsh raqamni tanlashi mumkin:

  • roʻyхatdan oʻtkazish boʻlinmalaridagi infokiosklar;
  • Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining (YHXX) mobil ilovasi;
  • YHXXning rasmiy veb-sayti;
  • YaIDXP.

 

"Uzavtomotobelgi" korхonasi bunday raqamlarni berish huquqini oldi. Raqam belgilarida oltitagacha harf yoki raqamdan foydalanish mumkin boʻladi, lekin ular amaldagi raqamlarni takrorlamasligi va qonunchilikka zid kelmasligi kerak.

 

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida hududiy kod boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish raqamlarining barcha toifalari joylashtiriladi (ilgari berilgan yoki foydalanishda boʻlganlardan tashqari).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova