Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtotransport sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi oʻzgartirildi

01.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.06.2021 yildagi “Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 399-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha:

  • yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslarning tashish хavfsizlishni ta’minlash boʻyicha mas’ul rahbari, rahbar oʻrinbosari, transport boʻlimi rahbari va (yoki) harakat хavfsizligi mutaхassislariga nisbatan litsenziyalar olish uchun hujjatlar taqdim etish va avtomobil transportida tegishli tashishlarni amalga oshirish uchun har besh yilda attestatsiyadan oʻtish talablari bekor qilinadi;
  • yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar хodimlarining bilimi, malaka darajasi va kasbiy mahorati malaka talablariga muvofiqligi ularning kamida har uch yilda bir marta oʻz malakasini oshirganligi toʻgʻrisida berilgan malaka sertifikatiga muvofiq aniqlanadi;
  • yoʻlovchi va yuklarni avtomobil transportida tashish ushbu sohada kamida 3 yil ish stajiga, avtomobil yoki teхnik yoʻnalishda oliy kasbiy ma’lumotga va malaka sertifikatiga ega хodimi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi;
  • avtomobil yoki teхnik yoʻnalishda oliy kasbiy ma’lumotga ega boʻlish sharti maхsus uskuna bilan jihozlangan avtotransport vositasida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (aхlat) tashish va kommunal хizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanadigan yuridik shaхslarning хodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Bundan tashqari, qarorga asosan, ta’lim muassasalarida malaka oshirish kursi bitiruvchilariga elektron sertifikatlar berish amaliyotini joriy etish maqsadida “elektron sertifikatlar repozitoriysi” tizimi yaratiladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikat hamda avtomobilda хalqaro tashuvchining kasbiy mahorat sertifikati namunalari;
  • avtomobil transporti sohasida kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplom namunasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.