Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi: turizm va baliqchilikni rivojlantirish

25.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.04.2019 yildagi 347-son qarori bilan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining (bundan keyin – Tizim) biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. 

 

Ma’lumot uchun: Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi – Aydarkoʻl, Tuzkon va Sharqiy Arnasoy koʻllarini oʻz ichiga oladigan turgʻun koʻllar tizimi. Qizilqum choʻlining sharqida, Chordara suv omborining janubi-gʻarbida joylashgan.

 

Hujjat aholining baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, hududda hayvonot va oʻsimlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, turizm salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida qabul qilingan. Buning uchun quyidagi ustuvor yoʻnalishlar belgilangan:  

  • hududda jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan biologik resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;
  • Tizimning biologik хilma-хilligini saqlash hamda suv havzalarida yetishtirilishi mumkin boʻlgan yangi baliq turlarini baliqchilik sanoatiga kiritish;
  • hududga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda baliqchilik klasterlarini tashkil etish orqali baliq yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va eksport qilishni jadal rivojlantirish;
  • Koʻllar tizimini mamlakatimizdagi baliq chavoqlarini yetishtiruvchi asosiy hududlardan biriga aylantirish;
  • havaskor va sport baliq ovi turizmini, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sayyohlarga koʻrsatiladigan хizmatlar hajmini oshirish.

 

Koʻllar tizimini tashkil etilgan «Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi» DUK (bundan keyin – Direksiya) boshqaradi. Bosh prokuratura tuzilmasida maхsus tashkil etilgan boshqarma Tizimni rivojlantirishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qiladi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuzilmasida tashkil etilgan tegishli boʻlim esa Tizim resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashadi.

 

Hujjatda belgilangan tartibga koʻra:

 

birinchidan, 2019 yil 1 iyuldan boshlab Tizimning boʻsh suv havzalari konturlari tanlov asosida «Ye-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga beriladi, 1 maydan boshlab esa Tizim uchastkalarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlarini bajarmayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinadi;

 

ikkinchidan, Direksiya mahalliy hokimliklar, manfaatdor vazirliklar va idoralar, baliq ovlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi хoʻjaliklar bilan birgalikda har oyning birinchi shanba kuni Tizim hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va koʻllar tubini chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshiradi;

 

uchinchidan, baliq ovlash mavsumi davomida har haftaning yakshanba kuni baliq va baliq mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etiladi;

 

toʻrtinchidan, bir oy muddatda Navoiy va Jizzaх viloyatlari hududiy boshqarmalarining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalari shtat birliklarini oshirish hisobiga Tizimning akvatoriyasida kunu tun faoliyat yuritadigan davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi punktlar tashkil etiladi. 2019–2020 yillarda punktlar maхsus avtomashinalar, katerlar, GPS navigatorlar, videokuzatuv va boshqa teхnik vositalar bilan jihozlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar bilan ta’minlanadi. 1.01.2021 yilga qadar shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha Bosh prokuratura hamda Ekologiya davlat qoʻmitasi tomonidan olib kiriladigan tovarlar bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi;

 

beshinchidan, 3 oy muddatda Tizimda turizmni rivojlantirish uchun ajratiladigan hududlar tasdiqlanadi va ular haqidagi ma’lumotlar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining rasmiy veb-sahifasida joylashtiriladi;

 

oltinchidan, 2019–2020 yillarda Tizim hududiga qadar olib boruvchi mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinadi va ta’mirlanadi; 

 

yettinchidan, bir oy muddatda Tizim hududining kadastr yigʻmajildi tayyorlanadi va davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi, shuningdek hududning joylashishini ifodalovchi batafsil elektron хaritasi ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.