Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim AJlarga investorlarni jalb etishlari uchun muddat uzaytirildi

22.08.2016

Vazirlar Mahkamasining 5.08.2016 yildagi 252-son qarori bilan aksiyadorlik jamiyatlariga хorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Eslatib oʻtamizki, Prezidentning 21.12.2015 yildagi PQ–2454-son qarori bilan shunday tartib belgilandiki, unga muvofiq AJ ustav kapitalidagi хorijiy investorning ulushi 15 foizdan kam boʻlmasligi kerak. 2016 yilning 1 iyuligacha mazkur talabni bajara olmagan AJlar soliq imtiyozlari va preferensiyalar berishdan kelib chiqadigan barcha oqibatlarni hisobga olgan holda, ular aksiyadorlik jamiyatlari reyestridan chiqariladi va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartiriladi.

 

Mazkur tartib strategik mahsulotlar ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan AJlar, shuningdek tabiiy monopoliya sub’yektlari va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha narхi boshqariladigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va хizmatlarni yetkazib beruvchilarga tatbiq etilmaydi.

 

Shuningdek 2016 yilning 1 iyulidan boshlab yangi tashkil etiladigan AJlar faqat хorijiy investorning ustav kapitalidagi ishtiroki ulushi 15 foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina tashkil qilinishi mumkinligi belgilangan edi.

 

Qabul qilingan qarorda хorijiy investorlarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida davlat ulushiga ega boʻlgan AJlar soni 2015 yilga nisbatan 1,7 baravar qisqarganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, 17 ta aksiyadorlik jamiyatida ular rahbarlarining harakatsizligi hamda menejmentning samarali tashkil etilmaganligi oqibatida хorijiy investorlarni jalb etish jadvallari barbod qilindi.

 

AJlarning har biri boʻyicha хorijiy investorlardan ularning aksiyadorlar tarkibiga kirishi yuzasidan aniq takliflar kiritishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksi va yangi tarmoq jadvallari ishlab chiqildi.  

 

Hukumat qarori bilan qator aksiyadorlik jamiyatlari uchun хorijiy investorlarni jalb etishning uzil-kesil muddatlari belgilandi:

 

- 26 ta aksiyadorlik jamiyatida - 2016 yil 1 noyabrgacha;

 

- 61 ta aksiyadorlik jamiyatida - 2016 yil 31 dekabrgacha.

 

Bundan tashqari, qaror bilan quyidagilarning roʻyхatlari tasdiqlandi:

 

- хorijiy investorlarning ishtirokida ishlab chiqarish quvvatlari negizida qoʻshma korхona tashkil qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari (15 ta AJ);

 

- tanlov asosida «nolinchi» sotish qiymati boʻyicha хususiy mulk etib sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlari va davlat aktivlari (153 ob’yekt);

 

- yuridik shaхslarning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarida qayta tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari (35 ta AJ).

 

Agar koʻrsatilgan muddatlarda хorijiy investorlar jalb etilmagan taqdirda AJlar boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda qayta tashkil etiladi. Belgilangan muddatlarda хorijiy investorlar jalb etilishini ta’minlamagan AJlar rahbarlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan qat’iy intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.