Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Ayrim byudjet tashkilotlarining hisobot shakllari yangilandi

29.11.2017

 

Moliya vazirligining buyrugʻi (2017 yil 23 noyabrda 2837-1-son bilan ryхatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi ayrim choraklik va yillik hisobot shakllari oʻzgartirildi.

 

Hujjat bilan quyidagi byudjet tashkilotlarining tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi yangilangan hisobot shakllari taqdim etilgan:

  • umumta’lim maktablari hamda barcha turdagi iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari;
  • oliy ta’lim muassasalari;
  • ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va grant oluvchilar;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari.

 

Moliya vazirining 8.11.2016 yildagi 2837-son qarori bilan tasdiqlangan boshqa tashkilotlar boʻyicha hisobot shakllari oʻzgarishsiz qoldirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 24.11.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Lenara Xikmatova.