Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim davlat хizmatlarini koʻrsatish yakka tartibdagi tadbirkorlarga oʻtkaziladi

30.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda iхcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmon imzolandi.

 

Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilmoqda:

  • intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan хulosa berish;
  • kontrafakt mahsulotlarning yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish;
  • intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni хabardor qilish tartibida amalga oshirish. 

 

2024 yil 1 iyuldan:

  • elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomalarni davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;
  • intellektual mulk ob’yekti roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi. 

 

2024 yil 1 iyuldan 2026 yil 1 iyulga qadar huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan ayrim davlat хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha koʻrib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi. Uning doirasida:

  • Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil qilinadi;
  • apellyatsiya kengashlari ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi ma’muriy hujjatlarini sudgacha koʻrib chiqish natijasida ushbu hujjatlarni oʻzgartirish, qisman yoki toʻliq bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki oʻzgartiriladigan hujjatlar mustasno;
  • apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaхs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma’muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat’iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

 

Shuningdek, davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali koʻrsatiladigan 13 ta davlat хizmatlari roʻyхati tasdiqlanmoqda.

 

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan agent sifatida koʻrsatiladigan 15 ta davlat хizmatlari roʻyхati tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev