Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Ayrim pedagoglarning ish haqi oshiriladi

03.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 2019 yil 30 sentyabrdagi ikkita qarorida nazarda tutilgan.

 

Bolalar musiqa va san’at maktablarida quyidagi хodimlarning bazaviy tarif stavkalari 2019 yil 1 oktyabrdan oshirildi (YaTS boʻyicha, tahr. izohi):

  • direktor va direktor oʻrinbosarlari uchun – 1,5 baravarga;
  • oʻqituvchilar va konsertmeysterlar uchun – 1,25 baravarga.

 

Rahbar хodimlar tanlov yakunlariga qarab tayinlanadi. Ularning masofadan turib malakasini oshirish tizimi qamrovi bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Oʻqituvchilar va konsertmeysterlarga nisbatan malaka talablari hamda ular faoliyatini baholash tizimi, shuningdek ta’limning mazmun va sifatiga qoʻyilgan davlat talablari takomillashtiriladi. Oʻquv-tarbiya jarayoniga ilgʻor хorijiy tajriba joriy etiladi, ta’lim sifatini baholashning zamonaviy tizimi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, AKTlardan keng foydalanishni nazarda tutgan holda oʻquv reja va dasturlar qayta koʻrib chiqiladi.

 

2020 yil 1 yanvardan «Barkamol avlod» bolalar maktablarining direktor va direktor oʻrinbosarlarining bazaviy tarif stavkalari 1,55 baravarga, toʻgarak rahbarlari uchun 1,5 baravarga oshiriladi. Instruktor-uslubchilar va uslubchilarga koʻproq toʻlanadi, chunki ularning bazaviy tarif stavkalari toʻgarak rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

 

Oleg Zamanov.