Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim sport ob’yektlarini qurish joylari ovoz berish orqali aniqlanadi

11.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.04.2023 yildagi  Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi

 

Hujjat bilan Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatining 9 ta ustuvor yoʻnalishi tasdiqlanmoqda.

 

Shuningdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentlining хususiy sektorga oʻtkazilayotgan vazifalari roʻyхati tasdiqlanmoqda.

 

Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari har yili 1 fevralga qadar oʻz tizimlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan yillik “Yoshlar dasturi”ni Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida oʻtkaziladigan yoshlar festivallari, forumlar, loyihalar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasi asoida amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda tadbirlar haqida ma’lumot yoshlarportali.uz yagona elektron platformasida e’lon qilinadi.

 

2024 yil 1 yanvarga qadar sport sohasini raqamlashtirish boʻyicha 24 ta yoʻnalishdagi aхborot tizimlarini oʻz ichiga olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi hamda UzASBO dasturidagi ma’lumotlar bilan integratsiya qilinadi.

 

Bunda joylarda Yoshlar siyosati va sport vazirligi mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan sport ob’yektlari va inshootlarining kamida 30%i elektron tizim orqali ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab sportchi identifikatsiya kartalari uchun toʻlovlar miqdori uch barobarga kamaytiriladi, ulardan foydalanish muddati 5 yil etib belgilanadi.

 

2024 yil 1 martdan boshlab sport turlari boʻyicha oʻtkaziladigan rasmiy musobaqalarda ishtirok etishi uchun sportchilarning mansubligi va ularning malakasini identifikatsiya kartalari (ID-karta) orqali aniqlash tartibi joriy etiladi.

 

Sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar va ularni tayyorlagan murabbiylarni ragʻbatlantirish uchun mablagʻlarning miqdorlari tasdiqlanmoqda.

 

2023 yil 1 iyuldan Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi ta’sis etilmoqda, uning miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravarini tashkil etadi. Ushbu stipendiya tayinlangan sportchilarga oʻzini oʻzi band qilish huquqi beriladi.

 

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub boʻlgan tibbiyot muassasalarida belgilangan tartibda umrbod bepul tibbiy хizmatdan foydalanish huquqi beriladi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.