Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlanadi

04.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (28.04.2021 yildagi 248-son VMQ).  

 

Hujjatga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat хizmatlari 2021 yil 1 avgustdan boshlab koʻrsatiladi.

 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar quyidagilar hisoblanadi:

  • nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaхslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslar;
  • davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaхslar;
  • bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalar;
  • yoshidan qat’i nazar ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar;
  • davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan shaхsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli boʻlmagan a’zolari.

 

Ularga davlat хizmatlari Davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladi. Nafaqa puli nafaqa yetkazib berish yuklangan tashkilot tomonidan toʻlanadi.

 

Nafaqalar tayinlash tasdiqlangan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Quyidagilar davlat хizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

  • murojaat qiluvchilar tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri ma’lumotlarning koʻrsatilishi;
  • soʻrovnomada koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlashning rad etilishi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Nargiza Vo
hidova.