Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim toifadagi ishlar sudlardan boshqa organlarga beriladi

18.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16.01.2023 yildagi “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzA agentligi  tomonidan e’lon qilindi.

 

Hujjatga muvofiq:

  • 2023 yil 1 sentyabrga qadar “Sudlarda prokuror ishtiroki” aхborot tizimi dastlab sinov tarzida ishga tushiriladi;
  • 2023 yil 1 iyuldan Bosh prokuratura va Oliy sud aхborot tizimlarini integratsiya qilish yoʻli bilan oʻzaro hujjat almashinuvi toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.

 

Shuningdek Oliy sudning yangi  emblemasi namunasi tasdiqlanmoqda. 

 

Oliy sudga ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish vakolatini tegishliligi boʻyicha ma’muriy organlarga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

 

Bosh prokurorga ayrim yoʻnalishlarda prokuror nazoratini qisqartirish, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Iхtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari sonini koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritish vazifasi yuklatilmoqda.

 

Sobir Nurberdiyev.