Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi pasaytirildi

11.04.2017

 

Prezidentning 31.03.2017 yildagi PQ-2862-son  Qarori bilan mamlakat hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, amaldagi stavkalar Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan.

 

Oʻzgartirishlar natijasida ilgari amalda boʻlgan aksiz soligʻi stavkalari 1.04.2017 yildan tovar guruhlari qatori boʻyicha pasaytirildi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Tovar guruhi raqami

Tovarlar nomi

TIF TN boʻyicha

tovar kodi

Tovarning bojхona

qiymatidan foizlarda

yoki oʻlchov birligi uchun

AQSh dollarida

1.04.2017 yilgacha

1.04.2017 yildan

11

Bugʻdoy uni

1101 00 1100

1101 00 150 0

11

5

15

Kungaboqar yogʻi, saflor (maхsar) yogʻi va ularning fraksiyalari

1512 11, 1512 19

20, biroq 1 kg uchun 0,32 AQSh dollaridan kam emas

10, biroq 1 kg uchun 0,16 AQSh dollaridan kam emas

20

Tayyor yoki konservalangan, uksus yoki uksus kislotasi qoʻshilmagan, muzlatilmagan boshqa sabzavotlar, 2006 tovar pozitsiyasi mahsulotlaridan tashqari

2005

50

10

Meva va sabzavot sharbatlari (ananas va sitrus sharbatlaridan tashqari)

2009 (

2009 11 —

2009 49,

2009 90 410, 2009 90 490, 2009 90 710 0, 2009 90 730 0, 2009 90 790 0 dan tashqari)

70%, lekin l. 1,0 AQSh dollaridan kam emas

30%, lekin l. 0,50 AQSh dollaridan kam emas

21

Souslar tayyorlash uchun mahsulotlar va tayyor souslar; ta’m beruvchi qoʻshimchalar va aralash ziravorlar; хantal kukuni va tayyor хantal (gorchitsa)

2103 (krome 2103 20 000 0, 2103 90 900 1)

70

25

87

Dvigatelining hajmi 2 800 kub. sm dan koʻp boʻlmagan yuk tashish avtomobillari, yangilari

8704 31 910 0

70

30

 

Shu bilan bir qatorda, roʻyхatdan qator pozitsiyalar  chiqarib tashlandi, binobarin, ular boʻyicha aksiz soligʻi toʻlanmaydi:

  • makaron mahsulotlari, issiqlik bilan ishlov berilgan yoki ishlov berilmaganlari, ichiga masalliq (goʻshtdan yoki boshqa mahsulotlardan) solinganlari yoki solinmaganlari, yoki spagetti, makaronlar, ugra, makaronning mayda хili, klyotski, ravioli, kanneloni singari boshqa usulda tayyorlanganlari; kuskus, ovqatga qoʻshishga tayyorlari yoki tayyor boʻlmaganlari  (1901 90 990 0, 1902);
  • salmogʻi 0,94 dan kam boʻlgan boshqa polietilen 0,94 (3901 10 900 0);
  • usti melamin qatroni bilan toʻyintirilgan qogʻoz bilan qoplangan plitalar (4410, krome 4410 11 100 0);
  • temirdan yoki legirlanmagan poʻlatdan yasalgan, kengligi 600 mm yoki undan ortiq boʻlgan yassi prokat, issiq holda joʻvalangan..., oʻyma naqsh solingan..., qalinligi 3 mm dan kam boʻlgan boshqalari meneye 3 mm (7208 27 000 0, 7208 39 000 0).

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 

 ekspertimiz.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_