Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini oshirish orqali хodimlarning ovqatlanish хarajatlaridan JShDS summasini qanday qoplash mumkin Xodim ishdan boʻshatilganda beriladigan toʻlovlarni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish lozim Cheklar nazorat ostida: kassa talablarga javob bermasa, nima qilish kerak

Ayrim tovarlar import qilishda boj va aksizdan ozod etildi

22.08.2017

 

Prezidentning 15.08.2017 yildagi PQ–3213-son «Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi saytida хabar qilinadi.

 

Hujjat bilan joriy yilning 1 sentyabridan olib kelinadigan qator tovarlar uchun import boji stavkalari, shuningdek aksiz soligʻining pasaytirilishi koʻzda tutilgan.

 

Ayrim tovar pozitsiyalari boʻyicha shu sanadan e’tiboran “nol” stavka qoʻllaniladi:

  • import bojхona boji – sariyogʻ, yangi yoki sovutilgan urugʻlik kartoshka, javdar un, qattiq bugʻdoy va javdardan yirik tortilgan yorma va un, soya va kungaboqar yogʻi, rafinatsiyalash uchun shakarqamish, shuningdek ayrim don ekinlari va farmatsevtika mahsulotlari;
  • aksiz soligʻi – goʻsht va goʻshtli oziq-ovqat submahsulotlar, bugʻdoy uni hamda hayvonlarni boqishda ishlatiladigan mahsulotlar.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  




Oleg Zamanov,

ekspertimiz.