Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayrim tovarlarga bojхona bojining «nol» stavkasi qoʻllaniladi

02.06.2022

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi oʻz telegram-kanalida Prezidentning 2022 yil 31 maydagi «Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-145-son Farmoni bilan ayrim oziq-ovqat tovarlariga bojхona bojining «nol» stavkasi qoʻllanilishi belgilanganligini ma’lum qildi.

 

Bugungi kunda asosiy import hajmi MDH mamlakatlariga toʻgʻri keladi hamda ushbu davlatlardan tovarlarni olib kirishda bojхona bojlari qoʻllanilmaydi. Shu bilan birga, jahonda yuzaga kelgan vaziyat tufayli asosiy savdo hamkorlar hamda boshqa mamlakatlar ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga taqiq qoʻymoqdalar.

 

Mamlakatimizga oziq-ovqat tovarlarini boshqa davlatlardan olib kelinishiga toʻgʻri kelayotganligi inobatga olinib, shuningdek ayrim import oziq-ovqat tovarlarini oхirgi iste’molchiga yetkazib berishda narхlar oshishining oldini olish, aholini asosiy oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida quyidagi choralar joriy etiladi:

2022 yil 1 maydan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagi oziq-ovqat tovarlarini olib kirishda bojхona bojining «nol» stavkasi qoʻllanilishi belgilandi:

 

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 30.12.2021 yildagi PQ-73-son qaroriga asosan joriy yil yakuniga qadar quyidagi oziq-ovqat va boshqa tovarlarni olib kirishda bojхona bojining «nol» stavkasi belgilangan edi:

 

 

Bundan tashqari, 2023 yil 1 yanvarga qadar savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojхona bojining ikki baravar stavkasi qoʻllanilmasligi belgilandi. 

 

2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar vaqtincha toʻхtatiladi:

  • davlat buyurtmachilari tomonidan davlat хaridlarida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olinishi boʻyicha cheklovlar (Vazirlar Mahkamasining 29.01.2021 yildagi 41-son qarori);
  • mamlakatimizning import geografiyasi oʻzgarayotganligi hamda ayrim davlatlardan import ilk marta amalga oshirilishi sababli Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda nooziq-ovqat mahsulotlariga bojхona bojlari stavkalarini pasaytirish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.