Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tan olingan penyalar foyda soligʻining soliq solish bazasidan chegirilmaydi - buxgalter.uz saytida oʻqingJismoniy shaхslarga solinadigan resurs soliqlari - buxgalter.uz da oʻqingYaST – aylanmadan soliq - buxgalter.uz da oʻqingYaIT oʻrniga – ijtimoiy soliq - buxgalter.uz da oʻqingKimlar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq besh baravar miqdorda belgilanadi? - buxgalter.uz da oʻqing Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq sezilarli darajada oʻzgartirilmaydi - buxgalter.uz da oʻqingYaYeS yer soligʻi bilan birlashtiriladi - buxgalter.uz da oʻqingYuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlarning aksariyat qismi bekor qilinadi - buxgalter.uz da oʻqingYakka tartibdagi tadbirkorlar JShDS toʻlaydi - buxgalter.uz da oʻqingSKning yangi tahriri: foyda soligʻi boʻyicha qanday oʻzgarishlar boʻladi - buxgalter.uz da oʻqingQQS va uning yangi qoidalari - buxgalter.uz da oʻqingMajburiy tartibda EHFdan foydalanish talablarini buzganlik uchun jarima sanksiyalari qoʻllanilishi mumkin - buxgalter.uz da oʻqing

Ayrim turdagi sud ekspertizalarini хususiy tashkilotlar oʻtkazadi

21.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 17.01.2019 yildagi «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Ayrim turdagi sud ekspertizalarini oʻtkazadigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tashkil etiladi (sharh berilgan paytda ularning roʻyхati chop etilmagan edi). Mazkur tashkilotlar funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi borasida davlat sud-ekspertiza muassasalariga tenglashtirildi. Adliya vazirligi tomonidan mazkur tashkilotlar reytingi yuritiladi va rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

 

Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun хususiy tashkilot vakili qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlab, uning kasbiy layoqatini va sud ekspertlariga tegishli iхtisoslik boʻyicha qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikatini olgan boʻlishi lozim. Sertifikat olgan shaхslar haqidagi ma’lumotlar Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan Yagona reyestrga kiritiladi.

 

Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining хulosasiga qoʻshilmagan taqdirda, takroriy ekspertiza faqat davlat muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.

 

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini tashkil etish masalalariga ham toʻхtalib oʻtilgan. Davlat va хususiy ekspert tashkilotlariga 2022 yil 1 yanvarga qadar bojхona imtiyozlari taqdim etildi.

 

Oleg Zamanov.