Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

BAA fuqarolariga – 30 kunga vizasiz rejim

19.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 18.03.2019 yilda «Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi.

 

2019 yil 20 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilandi.

 

Oʻzbekistonga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga esa 1 yil muddatgacha boʻlgan koʻp martalik vizalar rasmiylashtiriladi. Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida bunday vizani rasmiylashtirish hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 3 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Bunda taklif qilayotgan mahalliy tashkilotning TIVga murojaat etishi talab etilmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, ushbu mamlakat fuqarolari uchun ilgari ham qulay viza rejimi nazarda tutilgan edi: ular elektron kirish vizasini rasmiylashtirishlari (batafsil qarang), shuningdek Oʻzbekistonga vizasiz tranzit kirib, bu yerda vaqtinchalik (5 sutkadan ortiq emas) boʻlishlari mumkin edi.

 

Oleg Zamanov.