Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi

Baholash hisobotlarini tekshirish: yangi qoidalar

09.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023 yildagi 725-sonli qarori bilan baholash faoliyati sohasida xizmatlar sifatini oshirish, oʻzini oʻzi boshqarish mexanizmini rivojlantirish hamda ekspertiza jarayonlarini tartibga solish va raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 28.07.2008 yildagi 161-sonli «Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida»gi Qaroriga   oʻzgartirish kiritildi.

 

Oʻzgarishlarga muvofiq:

  • baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligi faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilgan holda ekspertizadan oʻtkazilishi amalga oshiriladi;
  • 2024 yil 1 martdan boshlab baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri»ga majburiy tartibda kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev