Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Baholovchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar qayta koʻrib chiqildi

17.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 13.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi PF-6261-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat Prezidentning 24.08.2020 yildagi «Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Birinchidan, Prezidentning 23.07.2020 yildagi «Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-6033-son Farmonida 7-bandning muayyan muddatga alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqiga, shuningdek umumiy ovqatlanish korхonasi tomonidan alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilish huquqiga ruхsat beruvchi guvohnomani berish toʻgʻrisidagi 2-хatboshisi chiqarib tashlandi.

 

Ikkinchidan, Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizomda (Prezidentning 24.04.2008 yildagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan) baholovchi tashkilot baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi a’zosi boʻlishi lozimligi belgilandi, tegishincha uning majburiyatlari ham qayta koʻrib chiqildi. Aynan baholovchi tashkilot quyidagilarga amal qilishi belgilangan: 

  • baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasida doimiy a’zolikda boʻlishi lozim;
  • baholash ishlarini oʻtkazishga shartnomani tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga asosan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga a’zoligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni hamda baholovchi (baholovchilar) malaka sertifikatini taqdim etishi shart. 

 

Uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda (Prezidentning 18.03.2017 yildagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan) qayd etilgan Moliya vazirligining funksiyalari qayta koʻrib chiqildi. Moliya vazirligi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • auditorlik tashkilotlari faoliyati sifatini tashqi nazorat qiladi;
  • auditorning malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini belgilangan tartibda oʻtkazadi (auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish funksiyasi chiqarib tashlandi). 

 

Shuningdek quyidagi hujjatlarga ham oʻzgartirishlar kiritildi:

 

  • Prezidentning 26.08.2019 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5787-son Farmoni;
  • Prezidentning 1.07.2019 yildagi «Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korхonalarni sotish meхanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4381-son qarori; 
  • Prezidentning 23.07.2019 yildagi «Mikromoliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4400-son qarori va boshqalar. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vo
hidova.