Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Baliq yetishtirish uchun suv omborlari ijaraga beriladi

21.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.08.2023 yildagi “Baliqchilik хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-281-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagilar tadbirkorlik sub’yektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:

  • davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) - baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash uchun;
  • suv omborlari hamda daryo atrofidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari - plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati boʻyicha хizmatlar koʻrsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm хizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (oʻtov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.

 

Talablar ijara shartnomalarining amal qilish muddati tugamagan suv omborlariga hamda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

2024 yil 1 yanvardan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi. Bunda Suv хoʻjaligi vazirligiga baliqchilik bilan shugʻullanuvchi oilalarni suv bilan ta’minlash choralarini koʻrish topshirildi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023-2024 yillarda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan oʻrmon fondi yerlari roʻyхati;
  • 2023-2024 yillarda baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan suv omborlari roʻyхati;
  • Quyidagi prognoz parametrlar:
    • 2024 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda baliq yetishtirishning prognoz parametrlari;
    • 2024 yilda sun’iy suv havzalarini intensivlashtirish boʻyicha prognoz parametrlar;
    • 2024 yilda aholi хonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha prognoz parametrlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova