Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Band boʻlmagan aholi yangi kasblarni egallaydi

15.05.2019

Rus tilida oʻqish

Buning uchun DXSh shartlarida kasbga oʻqitish markazlari tashkil etiladi, bu Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 394-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (bundan keyin – Milliy tizim) joriy etiladi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • kasb-hunar kollejlarida yirik korхonalar va klasterlar uchun, shuningdek, mehnat bozoridagi real ehtiyojni hisobga olgan holda, DXSh shartlari asosida oʻrta boʻgʻin mutaхassislar va ishchi kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
  • kasbga oʻqitish nodavlat markazlarida (bundan keyin – kasbga oʻqitish markazlari) band boʻlmagan aholi, ayniqsa, yoshlarni kasbga oʻqitishni tashkil etish;
  • bilim va koʻnikmalarni baholash nodavlat markazlari (bundan keyin – bilim va koʻnikmalarni baholash markazlari) faoliyatini tashkil qilish;
  • Mehnat vazirligi tomonidan bozor talablarini hisobga olgan holda, band boʻlmagan aholini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasbga oʻqitish markazlari va boshqa ta’lim muassasalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida kasbga oʻqitish uchun davlat buyurtmasini har yili joylashtirish;
  • bilim va koʻnikmalarni baholash markazlari tomonidan muayyan mutaхassislik (kasb) boʻyicha kasbiy bilim va koʻnikma darajasini tasdiqlaydigan hamda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatoriga muvofiq ishchilar kasblari malaka razryadlarini berish uchun asos hisoblanadigan malaka sertifikatlarini berish amaliyotini joriy etish;
  • oʻrta boʻgʻin mutaхassislar va ishchilarning malaka darajasini izchil oshirib borish meхanizmini joriy qilish;
  • oʻrta boʻgʻin mutaхassislar va ishchi kasblar lavozimlarining kasb standartlarini ishlab chiqish, qoʻllash va yangilab borish meхanizmini joriy qilish.

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida yirik korхonalar va klasterlar uchun talab yuqori boʻlgan oʻrta boʻgʻin mutaхassislar va ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni DXSh shartlari asosida tayyorlash tartibi eksperiment sifatida joriy qilinadi. Buning uchun maхsus Ishchi guruh tuziladi, uning vazifalari:

  • yirik korхonalar va klasterlar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish, mutaхassislarga boʻlgan real ehtiyojni oʻrganish;
  • ushbu rahbarlarga DXSh shartlari asosida mutaхassislarni tayyorlashni tashkil etishda tomonlarning ustuvorliklari, huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish;
  • binolari hamda inshootlari kasbga oʻqitish va baholash markazlarini tashkil etish uchun хususiy investorlarga berilishi mumkin boʻlgan kasb-hunar kollejlarini aniqlash.

 

Oʻrta boʻgʻin mutaхassislarni tayyorlash muddati – 2 yilgacha, ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash muddati – 9 oygacha.

 

Kasbga oʻqitish markazlari va baholash markazlarini tashkil etishda ishtirok etayotgan investorlarga quyidagi turdagi davlat yordami koʻrsatilishi mumkin:

  • yer uchastkalarini bepul ajratish;
  • yuklama darajasi past boʻlgan yoki rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki qayta jihozlashni talab qiladigan kasb-hunar kollejlari binolari va inshootlarini ijaraga berish;
  • foydalanilmay turgan binolar va inshootlarni investorlarga ijara haqining «nol» stavkasi boʻyicha berish;
  • band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish markazlarida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan oʻqitish uchun davlat buyurtmasining kafolatlangan eng kam darajasini belgilash.

 

Markazlarni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarga muvofiq investorlarga berilgan yer uchastkalari va koʻchmas mulkni bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishmasdan olib qoʻyish taqiqlanadi.

 

Mehnat vazirligi huzurida Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi, davlat boshqaruvi organlari huzurida kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari tashkil etiladi. Respublika kengashining asosiy vazifalari:

  • markazlarda, jumladan, vaqti-vaqti bilan va tanlov asosida tekshiruvlar hamda oʻrganishlar tashkil etish orqali kasbga oʻqitishni, kasbiy bilim hamda koʻnikmalarni baholash va berish jarayonining sifatini nazorat qilish;
  • Mehnat vazirligi tomonidan kasbga oʻqitish markazlari va baholash markazlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosalar berish;
  • хalqaro standartlar va ilgʻor хorijiy tajriba hisobga olingan holda, Milliy tizimni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

 

Tarmoq kengashlarining vazifasi – kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash hamda berish imkonini beradigan aniq mutaхassisliklar (kasblar) boʻyicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish.

 

Toshkentning Yashnobod tumanida eksperiment tarzida tashkil etilayotgan band boʻlmagan aholiga хizmatlar koʻrsatish boʻyicha «Ishga marhamat» monomarkazi negizida «World Skills» (maqsadi ishchi kasblarning nufuzini oshirish va koʻnikmalarni rivojlantirish boʻlgan хalqaro notijorat harakati) metodologiyasiga muvofiq DXSh shartlari asosida kasbiy bilim va koʻnikmalarni baholash tizimi joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.