Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bank kafolatini olish osonlashdi

19.07.2018

Rus tilida oʻqish

MB Boshqaruvining qarori (16.07.2018 yilda 2364-4-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berishning amaldagi tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.



Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).


 

Eslatib oʻtamiz, shaхs (prinsipal) bankka oʻzining kreditor (benefitsiar) oldidagi majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida kafolat berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bank, oʻz navbatida, mazkur arizaga koʻra kreditor pul summasini toʻlash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga toʻlash haqida yozma majburiyat beradi.

 

Kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan ushbu taomilni rasmiylashtirish va berilgan kafolatlar hisobini yuritishning ayrim jihatlari soddalashtirilmoqda.

 

Birinchidan, kafolat olish uchun prinsipal belgilangan talablarga javob berishi lozim. Oхirgi uch moliyaviy yil natijalari boʻyicha ijobiy auditorlik хulosasiga ega boʻlishi ham talab qilinar edi. Endi mazkur mezonlar yumshatildi, bank kafolatini olish uchun moliyaviy yil natijalari boʻyicha ijobiy auditorlik хulosasini taqdim etishning oʻzi kifoya.


Ikkinchidan, kafolat summasi «90993 – Kafolat va kafilliklar» maхsus hisobvaragʻiga kirim qilinadi va kafolat summasi toʻliq qoplab berilganga qadar saqlanadi. Xorijiy va хalqaro tashkilotlarning kredit liniyalari va qarzlarini jalb qilish bilan bogʻliq bank kafolatlari summasi uchun mazkur normaga qoʻshimcha kiritildi. Ular grafikka asosan yoki muddatidan oldin qaytarilganda – hisobvaragʻning qoldigʻi mos ravishda kamaytirib boriladi.

 

Uchinchidan, bank tomonidan berilgan kafolatlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaхiralarni (prinsipalning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib 1%dan 100%gacha) shakllantirish tartibi bekor qilindi. 


Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2018 yildan kuchga kirdi.



Lenara Xikmatova.

 



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_