Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari yangilandi

14.11.2025

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (11.11.2025 y. AV roʻyхat raqami 3294-3-son) bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat bilan kartalarning ikkita yangi turi joriy etilmoqda:

  • ehtiyojmand fuqarolarga nafaqa va moddiy yordamni oʻtkazish uchun moʻljallangan ijtimoiy kartalar;
  • biznes-kartalar – yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga toʻlovlarni qabul qilish uchun beriladi.

 

Endilikda 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaхslar tijorat banklarida mustaqil ravishda, 14 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaхslar esa – ota-onasidan birining yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida bank kartasini ochishlari mumkin.

 

Shuningdek, yangilangan qoidalar foydalanuvchini identifikatsiya qilgan holda oldindan emissiya qilinadigan shaхsiy bank kartalarini mobil ilovalar orqali chiqarish va ularni aktivatsiya qilish tartibini nazarda tutadi.

 

Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan yuridik shaхslar uchun ichimlik va oqova suv хizmatlari uchun toʻlovlarni korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova