Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida» qonun loyihasi ishlab chiqildi

15.11.2023

Rus tilida oʻqish

«Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida» qonun loyihasi e’lon qilindi. Qonun loyihasi Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan va QHTBTda muhokama qilinmoqda. 

 

Qonun loyihasining maqsadi omonatchilarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash va aholining bank tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash orqali banklarda omonatlarni kafolatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

 

Qonun Omonatlarni kafolatlash agentligining faoliyati toʻgʻrisida umumiy qoidalar, uning faoliyati maqsadlari, huquq va majburiyatlari, Agentlikning boshqaruv organlarini, shu jumladan Kengash a’zolari va bosh direktorni tayinlash mezonlarini nazarda tutadi.

 

Loyiha bilan omonatlarni kafolatlash tizimi, banklarning kafolatlash tizimida ishtiroki, kafolatlash tizimi mablagʻlarini boshqarish, kafolatlash fondi mablagʻlari manbalari va mazkur mablagʻlardan foydalanish, kafolatlash fondi taqchilligini moliyalashtirish belgilanmoqda.

 

Shu bilan birga, qonun loyihasi kafolatlash ob’yektlari, kafolatlangan omonatlar miqdori va ular boʻyicha kompensatsiya toʻlash tartibini nazarda tutadi. Kompensaiya miqdori, kompensatsiya toʻlab berishning umumiy prinsiplari, kompensatsiyalarni toʻlab berish tartibi, omonatchilarning huquqlari belgilanadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Sobir Nurberdiyev.