Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Banklarning ochiq valyuta mavqei: qoidalarga tuzatish kiritildi

17.10.2018

Rus tilida oʻqish


Markaziy bank Boshqaruvining qarori (11.10.2018 yilda 1497-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Ochiq valyuta mavqeini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Ma’lumot uchun: Sodda qilib aytganda, valyuta mavqei – bank oʻz kontragentlaridan qarzga olgan chet el valyutasidagi summa bilan bank ulardan talab qilishga haqli boʻlgan chet el valyutasidagi talablar summasi oʻrtasidagi nisbat. Ushbu summalar bir-biriga teng boʻlmagan vaziyat (disbalans) ochiq valyuta mavqei deb nomlanadi. Bankning chet el valyutasidagi qarzi talablaridan koʻra koʻp boʻlsa, bunga qisqa valyuta mavqei deyiladi. Aksincha boʻlsa – uzun valyuta mavqei.

 

Ochiq valyuta mavqei, ayniqsa valyutalar kursi oʻzgargan paytda, tijorat banklarining moliyaviy holatiga ta’sir koʻrsatishi sababli Markaziy bank ilgari amal qilgan limitlarga qoʻshimcha ravishda yangilarini joriy etmoqda:

  • barcha uzun valyuta mavqelari jami summasi boʻyicha;
  • barcha qisqa valyuta mavqelari jami summasi boʻyicha.

 

Bunda chet el valyutasining har bir turi va ochiq valyuta mavqelarining jami summasi boʻyicha ochiq valyuta mavqelarining limitlari saqlanib qoladi. Chegaralarning aniq hajmlari MB tomonidan alohida belgilanadi, ilgari amal qilgan normativlar hujjatdan chiqarib tashlangan. Eslatib oʻtamiz, har bir operatsiya kuni oхiriga kelib chet el valyutasining har bir alohida turi boʻyicha ochiq valyuta mavqei – bank regulyativ kapitalining 10%idan, ochiq valyuta mavqelarining jami summasi esa bank regulyativ kapitalining 20%idan oshmasligi kerak.

 

Nazoratni ta’minlash maqsadida MB tijorat banklarining balans schyotlarini har kuni monitoring qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_