Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Barcha yerlar «Yer hisobot» AATda hisobga olinadi

03.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023 yildagi 578-son qarori bilan Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2022 yil 20 oktyabrdagi PQ-405-son qaroriga muvofiq qabul qilindi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • yer hisobotini yuritish tartibini;
  • yer hisoboti shakllarini tasdiqlashni;
  • yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibini;
  • yer fondi toifalaridagi oʻzgarishlarni hisobga olish tartibini. 

 

Kadastr agentligiga 2024 yil 1 yanvarga qadar «Yer hisobot» avtomatlashtirilgan aхborot tizimini (AAT) ishga tushirish hamda uni «E-qaror» elektron tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash topshirildi.

 

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi «Yer hisobot» AAT operatori hisoblanadi. Yer hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida «Yer hisobot» AATga kiritib boriladi. 

 

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini хatlovdan oʻtkazish natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari real vaqt rejimida «E-qaror» elektron tizimi orqali «Yer hisobot» AATga taqdim etiladi.

 

Yer hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar ma’muriy-hududiy chegarasida joylashgan barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar boʻyicha yuritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.