Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Barcha sudyalar va prokuratura хodimlariga uy-joy ijarasi kompensatsiya qilinadi

22.06.2017


Vazirlar Mahkamasining 9.06.2017 yildagi 365-son  “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan prokuratura хodimlari uchun qoʻshimcha imtiyozli ipoteka, shuningdek uy-joylarni ijaraga olgan sudyalar va prokuratura хodimlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilgan.

 

Qoʻshimchalar Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti хodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritildi (31.10.2012 yildagi 312-son VMQga 1-ilova). Endilikda ipoteka kreditlari prokuratura organlari хodimlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar boʻyicha faqat foizlar toʻlanadi

 

Sudyalar uchun imtiyozli davr koʻzda tutilmagan.

 

Bundan tashqari,  Sudyalarga, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi  Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti хodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Endi uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi uy-joy bilan ta’minlamagan barcha sudyalarga, prokuratura organlari хodimlariga toʻlanishi mumkin. Ilgari kompensatsiyani doimiy yashash joyidan tashqari mintaqada lavozimga tayinlangan (saylangan) shaхslar olishi mumkin edi.

 

Eslatib oʻtamiz, kompensatsiya:  

  • Toshkent shahrida - 4 EKIH;
  • Nukus shahri va viloyatlar markazlarida - 3 EKIH;
  • boshqa shaharlar va tumanlar markazlarida – 2 EKIHdan ortiq boʻlishi mumkin emas.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.