Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Ba’zi oʻquvchilarga toʻgaraklar uchun хarajatlarining bir qismi qoplanadi

18.06.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.06.2025 yildagi «Davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida oʻquvchilarning ayrim toifalarini maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 365-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi oʻquvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda ayrim maktab oʻquvchilari uchun toʻgarak хarajatlarining 80 foizini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi belgilandi.

 

Oʻquvchilarning alohida toifalariga Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning farzandlari kiradi.

 

Oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida ikkitadan koʻp boʻlmagan toʻgaraklarni tanlashi va ularga (ta’til vaqtini hisobga olgan holda) koʻpi bilan 9 oy qatnashishi mumkin.

 

Belgilangan tartibga muvofiq, oʻquvchining ota-onasi YaIDXP orqali ariza topshiradi. Soʻngra toʻgaraklar хizmatlarini taklif etuvchi tashkilot arizani tasdiqlaydi, shundan soʻng tomonlar oʻrtasida shartnoma tuzilib, Davlat byudjetidan tashkilotga mashgʻulot qiymatining 80 foizi qoplab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev